Kuni kecha, 19 Mart 2019 yili Croker-Amazon Stadionida Navruz Bayrami nishonlanishi tufayli O‘zbekistonlik yoshlarimiz o‘rtasida Futbol bo‘yicha turnir o‘tkazildi.
Bu turnirga 50ga yaqin yoshlarimiz faol qatnashishdi. Katnashuvchilarimiz o‘rtasida 4ta komanda tuzilib, har bir komandada 11 tadan ishtirokchi shakillandi. Har bir komandalar o‘rtasida o‘yinlar juda qiziqarli va shijoatli tarzda o‘tdi. Yigitlarimiz o‘rtasida pozitiv rux doimo sezilib turdi. Finalda 2ta komanda, ya’ni Black Jets va Victorious komandalari o‘zaro baxslashishdi va Erkinjon Xaitov boshchiligidagi Black Jets komandasi 3:2 xisobi bilan marra qozondi. Va finalistlarimiz Navruz Bayrami Kubogi bilan taqdirlandi. Victorious komanda o‘yinchilari Ne’matjon va Murodjonlar Turnir Maxoratli O‘yinchilari kubogi bilan taqdirlandilar.
O‘ylaymanki, bu turnirimiz oxirgisi emas, kelgusida mana shunday turnirlardan ko‘pini, futbol, shaxmat, tennis bo‘yicha o‘tkazib turamiz. Bunday turnirlarga naqadar yigitlarimizni balkim qizlar, singillar va opalarimizni ishtirok etishga taklif etamiz!
Barcha ishtirokchilarga, turnirni o‘tkazishda bel bog‘lab xizmat kilgan do‘stlarimizga — Hurshidbek Kuchkarovga, Shuxratbek Pardaevga, Husanbek Azlarovga, Akramjon Ishovga va Erkinjon Hayitovlarga katta minnatdorchiliklarimni aytib kolaman! Hammaga omadlar yor bo‘lsin!
Navruz Futbol
2019 Navruz turniri
Qudrat Rahimxodjaev
San Frantsisko Ko‘rfazi O‘zbek Jamiyati Markazi Prezidenti.
Email: UzbekCommunityCenter@gmail.com
Bizni kuzatib boring va yangiliklarimizdan xabardor bo‘lib boring! Facebook group: Uzbek Cultural Center of San Francisco Bay Area.
@UzbekCommunitySF